Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 oyda O‘zbekistondan deyarli 1,5 mln kishi turistik maqsadda chiqib ketdi
Joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistondan chet elga sayohat qilish maqsadida 1 million 446 ming nafar fuqaro chiqib ketgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Shu bilan birga, jami sayyohlar sonidan 1 million 229 ming nafari MDH davlatlariga tashrif buyurgan bo‘lsa, atigi 217 ming nafari boshqa yo‘nalishlarga yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 6 oy ichida O‘zbekistondan boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun 10,6 ming kishi chiqib ketgani xabar qilingandi. Eng ko‘p fuqaro Qozog‘istonga ko‘chib kelgan – 7 013 kishi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya – 2 699 kishi, uchinchi o‘rinda Tojikiston – 233 kishi.
Mavzuga oid
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
11:30 / 08.06.2026
O‘zbekiston aholisi o‘rtacha necha yoshda?
21:44 / 05.06.2026
May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
22:50 / 03.06.2026