Bugun yoşlar orasida ayrim dori vositalarini kayf-u safo ilinjida iste'mol qiliş holatlari köp uçramoqda. Masalan, “Tropikamid”, “Lirika”, “Regapen”, “Zardeks”. Aslida mazkur dorilardan köz yoki boşqa tana a'zolari kasalliklarini davolaşda foydalaniladi va ularning savdosi qonun asosida nazorat qilinadi. Dorixonalarda uşbu dorilar şifokor retsepti asosida sotilişi şart. Lekin afsuski, “qilni qirq yoradigan uddaburon”lar şunday turdagi dorilarni noqonuniy yöllar bilan sotib olib, iste'mol qilyapti. Oqibatda nafaqat öz soğligiga, balki atrofdagilarga ham zarar yetkazmoqda. 

Bunday dorilarga tobelik nimalarga olib keladi?

Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi axborot xizmati inspektori Jamoliddin Nasimov mazkur dori vositalari ta'siriga tuşib qolgan yoşlar va bunga qanday omillar sabab bölayotgani haqida fikr bildirdi.

Jamoliddin Nasimov

“Kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalarini iste'mol qilib mast böliş hozirgi kunda uyqu bermaydigan muammolardan biri. Bu nimadan kelib çiqdi? Yurtimizda giyohvand moddalar iste'moliga qarşi keskin kuraş bor. Bunday vositalarga qat'iy taqiq bölib, ular kamaygaç, yoşlar orasida uning prototipini qidiriş boşlandi. Ya'ni huzur-halovatga erişiş yöli izlandi. Tropikamid, lirika, regapen, zardeks va boşqa önlab, insonga notöğri foydalaniş orqali sarxuşlik beradigan dori vositalarini iste'mol qiliş holatlari paydo böldi.  

Misol uçun, tropikamidni olaylik. Bu dori köz kasalliklarini davolaş uçun işlatiladi. Lekin yoşlar uni burniga sepib inʼeksiya hosil qilyapti. Ya'ni bu qon aylanişini buzib, qöpol qilib aytganda “kayf” beradi. Ular ming afsuski, şuning ilinjida yuribdi.

Bu nimaga olib keladi, avvalo soğlom odam iste'mol qilişi orqali bir neça kasalliklar kelib çiqadi.

Eng yomon tomoni şundaki, bunday yoşlar umuman jamiyatdan ajralib qoladi. Öşa dori vositalarini topiş uçun, sotib oliş uçun yoşlar qölidan kelgan xunrezlikni qilişga tayyor bölib turibdi. Öşa dorini qabul qilsa böldi. Umuman, odam sifatida harakat qilmaydi.

Ötgan kuni Şayxontohur tumani 4-sonli içki işlar bölimida jinoyat işi qözğatildi. Öğrilik sodir bölgan. Öğrilar jinoyat qidiruv bölimi xodimlari tomonidan uşlangan. Gaplaşib kördim. Ular köp taksi haydovçilarining telefonlarini öğrilab ketişgan ekan. Ya'ni öşa dorilarni sotib oliş maqsadida öğrilik qilişgan. Hattoki, qölga olingan paytda ham ular kuçli dorilar ta'sirida bölgan. Bu juda açinarli holat. Ularga oilasidagi yoki boşqa muammo va taşvişlar qiziq emas. Dard-u xayoli dori iste'mol qilişda.