Turkmanistonda talabalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish va Green Card o‘ynash taqiqlandi
Turkmanoboddagi pedagogika institutida o‘tkazilgan majlisda talabalarga VPNdan foydalanmaslik, Green Card lotereyasi o‘ynamaslik, oliy ta'lim muassasasiga telefon olib kelmaslik talabi qo‘yilgan.

Foto: turkmenistan.gov.tm
Majlisda chiqish qilgan rektor G.Muhammedov uch talaba so‘nggi vaqtlarda turkman talabasi nomini bulg‘aydigan nojo‘ya xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yganini ma'lum qildi. Ikki nafar qiz fohishalik bilan shug‘ullangan, bir talaba esa o‘g‘rilik qilgani uchun politsiya tomonidan qo‘lga olinganini aytgan.
Prokuratura vakili xorij internet nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga salbiy ta'siridan shikoyat qildi. U talabalarga ijtimoiy tarmoqlar va VPN’dan foydalanmaslik, oliy ta'lim muassasasiga telefon olib kelmaslik, uni yotoqxona yoki uyda tashlab kelishni maslahat berdi.
Oliy ta'lim muassasasi ayollar ittifoqi bo‘limi rahbari qizlar har yarim yilda ayollar maslahatxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari va dekanatga tibbiy ma'lumotnoma taqdim etishlarini taklif etdi.
Yig‘ilishda ko‘plab talabalar AQShning “Grin karta” (Diversity Visa Lottery) to‘ldirishayotgani borasida ham xavotirlar aytib o‘tildi.
«Sizlarni ogohlantiraman, agar orangizda mana shu kartani to‘ldirganlar yoki boshqa usullar bilan mamlakatdan ketishni istaydiganlar bo‘lsa, ular o‘qishdan haydaladi. Bu yerda vatanimiz uchun kadrlar tayyorlayapmiz», — degan rektor o‘zining yakuniy nutqida.
Avvalroq Turkmaniston davlat madaniyat instituti o‘qituvchilaridan VPN ilovalaridan foydalanmaslik, Instagram hamda Facebook’ka kirmaslik haqida tilxat yozdirib olingani ma'lum qilingan edi. Ularga videorolik va fotosuratlar yuborish uchun Turkmanistonda ishlab turgan yagona IMO messenjeridan foydalanish taqiqlangan. Endi faqat matnli xabarlar yuborish mumkin.
Mavzuga oid

23:49 / 10.02.2025
O‘zbekistonga 115 tonna dizelning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

17:01 / 03.02.2025
Turkmaniston 2022 yilgi aholini ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qildi

21:37 / 01.02.2025
Madina-Farg‘ona reysi bo‘yicha uchgan samolyot Turkmanistonda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

14:32 / 01.02.2025