“4000 nafarga yaqin kişi yaşagan Töpqopi saroyi Istanbul şahridagi Saroyburnida joylaşgan” – deya, hikoya qiladi Uzbek.life kolumnisti Sabohat Rajabova.

Siz ham öz hikoyalaringizni biz bilan bölişmoqçi bölsangiz Telegram’da @uzbeklifebot ga murojaat qiling.

Usmonli imperiyasining 600 yillik tarixi hisobidan 400 yil mobaynida hukumat markazi sifatida foydalanilgan va nafaqat usmonli podşohlari, balki bir paytning özida jami 4000 nafarga yaqin kişi yaşagan Töpqopi saroyi Istanbul şahridagi Saroyburnida joylaşgan.

Töpqopi saroyi 1478 yilda Fotih Sulton Mehmet tomonidan barpo ettirilgan hamda saroy xalqining Dolmabahçe, Yildiz va boşqa saroylarda yaşab boşlaganidan söng sekin-sekin böşab qolgan. Ammo podşohlar tomonidan tark edilganidan keyin ham Töpqopi saroyi öz ahamiyatini yöqotmadi. 

Töpqopi saroyi içki hovlisi
Saroy içkarisidagi hudud

Saroy ilk marotaba çeklangan bir omma uçun bir muzey sifatida Sulton Abdulmajid hukmronligi davrida oçildi. Öşa paytdagi ingliz elçisiga Töpqopi saroyi xazinasidagi buyumlar körsatilganidan söng uşbu köhna asarlarni kelgan mehmonlarga körsatiş bir an'anaga aylanadi va Sulton Abdulaziz davrida xazinalar bir-bir vitrinada taqdim etilib, xorijliklarga körsatila boşlaydi. Sulton Abdulhamid II taxtdan ağdarilgan davrlarda Töpqopi saroyi Xazina-i Humoyunining yakşanba va seşanba kunlari mahalliy aholining ziyorati uçun ham oçilişi rejalaştiriladi. Ammo amalga oşirilmaydi. Keyinçalik esa Mustafo Kamol Otaturkning buyruği bilan 9 sentabr 1924 yilda saroy xalqning ziyorati uçun muzey sifatida oçiladi.