O‘zbekiston | 08:03 / 20.11.2021
5181
3 daqiqa o‘qiladi

Ekologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi 

Foto: freepik

Vazirlar Mahkamasining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti etib ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida qayta tashkil etiladi.

Quyidagilar institut faoliyatini yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

  • atrof-muhitning joriy holatini o‘rganish, ifloslantiruvchi moddalar va yo‘qolish arafasida turgan o‘simlik hamda hayvon turlarining tabiatga va bioxilmaxillikka ta'sirini tahlil qilish, «yashil» iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish hamda resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish;
  • atmosfera havosi, yer va suv resurslarining ifloslanishini kamaytirish, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni ta'minlovchi samarali uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mahalliy va ilg‘or xorijiy texnologiyalar va innovatsiyalarni amaliyotga joriy etish;
  • global iqlim o‘zgarishining ekologiya va atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni hamda ilg‘or xorijiy texnologiyalar va innovatsiyalarni amaliyotga joriy qilish;
  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasi uchun malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va grantlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Institut Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 8-mavze, Qatortol ko‘chasi, 19-uy manzilda operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid