O‘zbekiston | 13:51 / 22.11.2021
13233
2 daqiqa o‘qiladi

Chiroqchi tumanining yarmida tashkil etiladigan Ko‘kdala tumaniga qaysi mahallalar kirishi ma'lum qilindi

Chiroqchi tuman hokimi Xurram Jo‘rayevning tuman hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yig‘inini yangi tashkil etilayotgan tumanga o‘tkazish haqidagi qarori imzolangan.

Foto: KUN.UZ

Tuman hokimining 18 noyabr kuni imzolagan “Chiroqchi tumani hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkazish haqida”gi qaroriga ko‘ra, Chiroqchi tumanining 32 ta mahallasi, jumladan:

“Ayritom”, “Baxt”, “Beglamish”, “Ko‘kdala”, “Qanotli”, “Naymansaroy”, “Oltin boshoq”, “Oltin dala”, “Paxtalisoy”, “Soybo‘yi”, “Taloqtepa”, “Toshli”, “Umakay”, “O‘tamayli”, “Xarduri”, “Xo‘jaobod”, “Xushali”, “Chorvador”, “Sho‘rbozor”, “Sho‘rquduq”, “Eski anhor”, “Torjilg‘a”, “Guliston”, “Annaruz”, “Zum”, “G‘allakor”, “Qumdaryo”, “Suvliq”, “To‘qmor”, “Uymovut”, “Chiyal” va “Chuvulloq” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlari yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga kiritiladi.

Ma'lumot uchun, Chiroqchi tumanini ikkiga bo‘lish va uning hududida yangi tuman tashkil etish taklifi ilk bor Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgandi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid