Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistonga 26 ming tonna meva va sabzavotlar yetkazib berdi
O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 26 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot bermoqda.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston qiymati 747,4 mln dollarga teng bo‘lgan 1,2 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
O‘zbekiston 2021 yilning 10 oyida eng ko‘p meva va sabzavotlar eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston (538 ming tonna) va Rossiya (341 ming tonna) yetakchilik qilmoqda.
Meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan boshqa davlat quyidagilardan iborat:
- Qirg‘iziston – 112 ming tonna;
- Xitoy – 65 ming tonna;
- Ukraina – 28 ming tonna;
- Afg‘oniston – 26 ming tonna;
- Turkmaniston – 24 ming tonna;
- Pokiston – 23 ming tonna;
- Belarus – 13 ming tonna;
- Turkiya – 11 ming tonna;
- Eron – 7,5 ming tonna;
- Ozarboyjon – 7 ming tonna;
- Germaniya – 3,6 ming tonna;
- BAA – 3,6 ming tonna.
Mavzuga oid
10:49
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
09:05 / 29.06.2026
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
10:10 / 27.06.2026