24 noyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 24 noyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:30 / 09.10.2024
10 oktyabr kuni uchun ob-havo prognozi berildi
15:00 / 08.10.2024
9 oktyabr kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi
20:23 / 07.10.2024
2023 yilgi qurg‘oqchilik dunyo daryolarining 50 foizini sayozlashtirdi
18:31 / 07.10.2024