O‘zbekiston | 16:16 / 23.11.2021
9460
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada yuqori tezlikda harakatlangan «Lacetti» daraxtga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Foto: Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati

Farg‘ona viloyatida «Lacetti» rusumli mashina daraxtga urilishi oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etdi, – deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Qayd qilinishicha, YTH Farg‘ona tumani hududidan o‘tgan Navbahor-Uchuy-Oltiariq-Vodil avtomobil yo‘lining 68 kilometrida sodir bo‘lgan. 

Baxsiz hodisa «Lacetti» haydovchisining yuqori tezlikda harakatlanib boshqaruvni yo‘qotib, daraxtga borib urilgani oqibatida ro‘y bergan.

YTH oqibatida avtomobil salonida bo‘lgan 23 va 16 yoshli fuqarolar og‘ir jarohat olib, shifoxonada vafot etgan.

Avvalroq Oltiariq tumanida ikki avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda «Lacetti» bilan to‘qnashgan «Nexia» haydovchisi bilan yonib ketganligi haqida xabar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid