O‘zbekiston | 23:25 / 23.11.2021
4199
2 daqiqa o‘qiladi

Guliston tumanida «Istirohat bog‘i»ning qurilish ishlari boshlandi

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Guliston tumanida qurilishi boshlangan «Istirohat bog‘i» loyihasi va dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda viloyat hokimligi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Mazkur bog‘ tuman markazi – Dehqonobod shaharchasining Ibrat mahallasi hududida joylashadi. Qariyb 1,10 gektar maydonda landshaftli bog‘, favvoralar, madaniy-ommaviy tadbirlar uchun maydon va sahna, 300 o‘rinli amfiteatr, 10 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari, bolalar o‘yingohi, attraksionlar o‘rin olishi ko‘zda tutilgan. Qurilish ishlari 2022 yil mart oyiga qadar davom etadi va Navro‘z ayyomi arafasida foydalanishga topshiriladi.

«Eng muhim vazifa – odamlarning dam olishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bu ham madaniyat. Bu yerda sayr qilish uchun imkoniyat yaratish va turli attraksionlar o‘rnatish bilan cheklanmay, so‘lim bog‘ni kattayu kichik uchun sevimli hordiq maskaniga aylantirish zarur», - dedi G‘ofurjon Mirzayev.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Bundan tashqari, joriy yilda Guliston tumanida 15 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binosi, 2 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bunyod etildi. Yillar davomida ta'mirtalab bo‘lib turgan «Madaniyat saroyi» to‘liq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 11 ta ko‘p qavatli hamda 76 ta 0,02 ga yer maydonli uy-joylar qurilishi davom etmoqda. 

Mavzuga oid