Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, Changtepa mahallasi fuqarolaridan yo‘llangan murojaatga ko‘ra, mahalladagi Jo‘n kanalidan 5-umumta’lim maktabiga o‘tuvchi ko‘prikni qayta qurish tashabbusi Ochiq budjet portaliga kiritilgan. 2021 yil 13 avgustdan 2 sentabrgacha davom etgan ovoz berish jarayonida mazkur tashabbus tuman miqyosida g‘olib deb topilgan.

“Ko‘prik hech qanday standartlarga to‘g‘ri kelmaydi. Undan o‘tuvchilar uchun xavf tug‘diradi. Yuzlab mahalla bolalari ko‘prikdan o‘tib maktabga borib-keladi. Ko‘prikni qayta qurdirish uchun “Ochiq budjet” dasturida tashabbus bilan chiqdik.
Lekin tanlovda g‘olib bo‘lgan bizning tashabbus hali boshlangani yo‘q. Bu masalada Yangiyo‘l tumani hokimiga, Toshkent viloyati hokimiga va Moliya vazirligiga murojaat qilganimizga qaramasdan, amaliy natija yo‘q”, – deydi mahallada yashovchi fuqaro Ikrom Rixsiboyev.


Loyihaga 100 mln so‘m ajratilishi kerak bo‘lgan.
Mahalla ahlining viloyat hokimiga yo‘llagan murojaatiga javoban viloyat moliya boshqarmasining ma’lum qilishicha, ko‘prik qurish uchun so‘ralgan 100 mln mablag‘ ajratilib, maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan. 2021 yil 9 dekabrda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘prik qurish uchun tanlov e’lon qilingan. Biroq belgilangan muddat davomida birorta ham taklif kelib tushmagan. Qo‘shimcha qilinishicha, ayni vaqtda qayta tanlovga e’lon berilmoqda va murojaat ijrosi ta’minlanadi.
Ikrom Rixsiboyevning qo‘shimcha qilishicha, Ochiq budjet-2021 ovoz berish natijalariga ko‘ra Yangiyo‘l tumanida 2-o‘rinni egallagan Monomarkazni ta’mirlash tashabbusi uchun 900 mln so‘m ajratilib, 2021 yil oxirida barcha ishlar tamomlanib, bino foydalanishga topshirilgan.
Shunga o‘xshash yana bir muammo Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Zarbdor QFY aholisini qiynamoqda.
Murojaatda aytilishicha, 2021 yil avgustida Zarbdor qishlog‘i fuqarolari qishloqning gaz tizimini yangilash tashabbusini openbudget.uz saytiga joylashtirgan. 308 kishi ovoz berib, 2021 yil sentabrida tashabbus g‘olib deb










