Sirdaryo viloyati Guliston tumanida 170 tup daraxtning tepa qismi kesib ketildi. Bu haqda Davlat ekologiya qömitasi xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, 2022 yilning 2 aprel kuni Davlat ekologiya qömitasi tomonidan işçi guruh taşkil etilgan. Işçi guruh tomonidan ötkazilgan reyd tadbiri jarayonida Sirdaryo viloyatining Guliston tumani Işonç SIU hududidagi dala maydoni çetidagi jami 170 tup tol daraxtlarining tepa qismlarini noma’lum şaxslar kesib «ZIL» yuk avtomaşinasiga ortib olib ketayotgan vaqtida viloyat ekologiya boşqarmasi nazorat inspeksiya xodimlari, viloyat IIB JTSB xodimlari bilan birgalikda voqea joyida uşlandi.
Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylaştirilib, yuk avtomaşinasi aşyoviy dalillar bilan vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga qöyildi.

Uşbu harakatlar oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar 13 770 000 sömni taşkil etdi.

















