Jahon | 23:02 / 24.11.2021
10302
2 daqiqa o‘qiladi

JPMorgan banki rahbarining hazilidan so‘ng bank Xitoy hukumatiga izoh berishga majbur bo‘ldi

JPMorgan Chase & Co banki rahbari Jyeymi Daymon Boston College Chief Executives Club munozara klubida bank Xitoy kommunistik partiyasidan ham uzoqroq yashashi haqida hazil qilgandi.

Foto: Reuters

JPMorgan Xitoyda 1921 yildan beri ishlaydi, Xitoy kompartiyasi ham o‘sha yili tashkil topgan.

“Yaqinda Xitoy kompartiyasi tashkil topganining 100 yilligini va JPMorgan ham Xitoydagi faoliyatining 100 yilligini nishonlayotganini aytgandim. Garov o‘ynashim mumkin, biz uzoqroq yashaymiz. Bu gapni Xitoyda ayta olmayman. Lekin ular eshitayotgan bo‘lsa kerak”, — degandi Daymon.

Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib yozishicha, endi JPMorgan bankining davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik bo‘yicha guruhi Xitoy hukumati vakillari bilan Daymonning hazilini muhokama qilmoqda.

Bank vakillari Daymon kompartiyani tanqid qilmagani, balki Xitoyda uzoq yillardan buyon ishlayotganini aytmoqchi bo‘lganini tushuntirishga urinmoqda. 

Ma'lumot berilishicha, avvalroq Givenchy va Versace kompaniyalari futbolkalardagi yozuvlar uchun uzr so‘ragan. Kompaniyalar Makao, Hongkong va Tayvan mustaqil hududlar sifatida qayd etilgan futbolkalarni sotuvga chiqargan. Xitoyliklar bu kompaniyalar mahsulotlarini boykot qilishga chaqirishgan.

Mavzuga oid