Qashqadaryoda o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etib qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkent viloyatida qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyatida bosqinchilik va odam o‘ldirish kabi o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etib qidiruvda bo‘lgan shaxs “Xavfsiz hudud” tadbirlari davomida qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: pixabay.com
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 23 noyabr kuni Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz tun”, “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida O‘rta Chirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan bir yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan.
1993 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 3-qismi va 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “d”,“j”, “n”, “o”, “p” bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. U 2020 yilning sentyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan.
Qayd etilishicha, jinoyatchini ushlash vaqtida fuqaro Sh.Sh. qochishga uringan va ichki ishlar organlari xodimlariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan.
Ma'lumot uchun, Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi:
- “v” bandi aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni;
- “d” bandi boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli bo‘lgan usulda;
- “j” bandi o‘ta shafqatsizlik bilan;
- “n” bandi kishi a'zolarini kesib olib, boshqa kishiga ko‘chirish (transplantat) yoki murdaning qismlaridan foydalanish maqsadida;
- “o” bandi boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida;
- “p” bandi bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘ldirganlikni nazarda tutadi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" "Borussiya Dortmund"ga javobsiz to‘rtta gol urdi, "PSJ" "Aston Villa" ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
Sport | 02:04
-
Zelenskiy Rossiya xitoyliklarni urushga TikTok orqali yollayotganini ma’lum qildi
Jahon | 00:52
-
Osiyo kubogi U-17. O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Saudiya Arabistoni ustidan yirik g‘alabaga erishdi
Sport | 00:22
-
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi
Jahon | 23:52 / 09.04.2025
Mavzuga oid

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025