Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan Özbekiston fuqarosi F.V. Polşa poytaxti Varşava şahridan Toşkentga olib kelindi.

Fuqaroning Özbekistonga qaytarilişi mamlakatning Polşadagi elçixonasi tomonidan körilgan taşkiliy-diplomatik çora-tadbirlar, şuningdek Polşa Adliya vazirligi bilan yölga qöyilgan hamkorlik natijasida amalga oşirildi. Qaytariş operatsiyasi Özbekiston Içki işlar vazirligi huzuridagi Interpol milliy markaziy byurosi tomonidan taşkil etildi.

Ma’lum qilinişiça, 1988 yilda Samarqand viloyatida tuğilgan F.V. Özbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) böyiça ayblanib, Interpolning qizil bildirişnomasi asosida xalqaro qidiruvga berilgan.

Fuqaro Interpol xodimlari hamrohligida Varşavadan Toşkentga olib kelindi.

Özbekistonning Polşadagi elçixonasi ma’lumotiga köra, mazkur amaliyot xorijdagi Özbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş, huquqni muhofaza qiluvçi organlar örtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş hamda qidiruvdagi şaxslarni vatanga qaytariş böyiça olib borilayotgan tizimli işlar natijasi hisoblanadi.