Avtopoyezd – biz avtopoyezdga tirkama, yarim tirkama yoki tirkamalar ulangan mexanik transport vositasi deb ta'rif beramiz. Bu amaldagi “Yöl harakati qoidalari”dan farq qiladi. Hozirgi Qoidalarda avtopoyezd yuk avtomobili bilan boğlab qöyilgan. Aslida unday emas.
Amaldagi qoidaga köra, avtopoyezd – ulagiç moslamalari bilan ulangan egarli şatakka oluvçi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi.
Yengil avtomobil ham tirkama bilan harakatlansa, avtopoyezd hisoblanadi. Faqat, uni qaysi toifa bilan boşqariş haqida savol paydo böladi.
Agar tirkamaning ruxsat etilgan töla vazni 750 kg.dan oşmasa, haydovçi bu transport vositasini B toifa guvohnomasi bilan boşqarsa böladi. Tirkamaning töla vazni 750 kg.dan ortiq bölsa, bu haydovçiga BE toifalari bölgan guvohnoma talab etiladi.
Undan katta yuk avtomobillarini tirkama yoki yarim tirkama bilan boşqarayotganda CE toifasi lozim böladi. Uzaytirilgan avtobuslar esa DE toifasidagi haydovçilik guvohnomasi bilan boşqariladi.
Aholi punktini qanday tuşuniş kerak? Aholi punkti insonlar imoratlar qurib yaşaydigan, obod qilingan hudud hisoblanadi. Buni qanday bilamiz?

5.22 yöl belgisi bor – “Aholi punktining boşlanişi”. 5.23 yöl belgisi bor – “Aholi punktining oxiri”.

Yana 5.24 belgisi mavjud – “Aholi punktining boşlanişi”. 5.25 – “Aholi punktining oxiri”.
Amaldagi “Yöl harakati qoidalari”da aholi punktiga quyidagiça ta'rif berilgan. Aholi punkti – kiriş va çiqiş yöllari 5.22 – 5.25 yöl belgilari bilan belgilangan hudud.
Yöllarda ikki xil holatni köriş mumkin. Agar siz harakatlanayotgan yöl yoqasiga 5.22 yöl belgisi örnatilgan bölsa, uşbu yöl bevosita aholi punkti içidan ötyapti. Mazkur belgi boşlanişi bilan “Yöl harakati qoidalari”ning aholi punktlariga doir tartiblari kuçga kiradi. Ya'ni yuqori tezlik soatiga 70 km.gaça çeklanadi, ogohlantiruvçi belgilar 50-100 metr masofaga örnatiladi. Tovuş işoralarini quvib ötayotgan vaqtda beriş mumkin emas. Yölning çap tomonida töxtaş mumkin va hokazo holatlar bor.







