Birlaşgan millatlar taşkiloti ekspertlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga köra, sönggi ön yil içida MDH mamlakatlari poligonlarida elektron çiqindilar miqdori deyarli bir yarim baravar köpaygan. Bu import qilinadigan elektronika hajmi deyarli özgarmaganiga qaramay yuz berdi. Tadqiqotda aytilişiça, bu çiqindilarning atigi 3,2 foizi qayta işlanadi.

«Elektron çiqindilarni yöq qiliş MDH mamlakatlari iqtisodiyotiga köp foyda keltirişi mumkin. Masalan, 2019 yilning özida 10 tonnadan ortiq oltin, yarim tonna noyob tuproq metallari, bir million tonna temir, 85 ming tonna mis va 700 tonna kobalt çiqindixonaga taşlab yuborilgan. Bu materiallarning barçasi narxi 2,6 milliard dollardan oşadi», dedi tadqiqot mualliflaridan biri, BMT Universitetining yetakçi tadqiqotçisi Kis Balde.

Elektron çiqindilarga ma'nan eskirgan yoki jismonan eskirgandan keyin çiqindixonaga taşlangan elektron qurilmalarning tarkibiy qismlari kiradi. Odatda, bunday çiqindilarda oltin, litiy, kobalt va zaxiralari Yerda çeklangan boşqa elementlarning nisbatan katta miqdori saqlanib qoladi.

Yangi tadqiqotda Balde va uning hamkasblari MDHning 11 davlati va Gruziyadagi elektron çiqindilar bilan boğliq vaziyatni körib çiqdi. Ma'lum bölişiça, sönggi ön yil içida import qilinadigan elektronika hajmi unçalik özgarmagan, ammo bu mamlakatlarda har yili çiqindixonaga tuşadigan elektron çiqindilar miqdori qariyb 1,5 barobarga oşgan. 

Ularning aksariyati Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va Özbekistonda. Bu çiqindilarning atigi 3,2 foizi, ya'ni 79 ming tonnaga yaqini qayta işlangan. 

Elektron çiqindilarni qayta işlaş korxonalari bor-yöği törtta davlatda – Belarus, Qozoğiston, Rossiya va Ukrainada mavjud. Ularning aksariyati Belarusda bölib, u yerda töplangan elektron çiqindilarning taxminan 33 foizi qayta işlanadi. Boşqa barça davlatlarda bu körsatkiç 5-10 foizdan oşmaydi yoki butunlay nolga teng. 

Bunday çiqindilarni qayta işlaş bilan boğliq vaziyat MDH barça mamlakatlarida bu sohadagi biznes uçun huquqiy asos işlab çiqilmagani sababli murakkablaşadi. Xususan, Armaniston, Ozarboyjon, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistonda bunday normalar yöq. 

Balde va uning hamkasblari MDH davlatlari rasmiylarini bunday böşliqlarni bartaraf etişga va elektron çiqindilarning töplanişini kuzatiş hamda ularni qayta işlaşni osonlaştiradigan şart-şaroitlarni yaratişga çaqirgan. Buning evaziga çiqindilardan barça qimmatbaho materiallarni ajratib oliş, tabiatni elektronika işlab çiqarişda qöllaniladigan simob, kadmiy va boşqa zaharli moddalar töplanişidan himoya qiliş mumkin böladi, deya xulosa qilgan olimlar.