Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda poyezdlar harakatini onlayn kuzatish tizimi joriy etiladi
2022 yilda poyezdlar harakatlanishini fuqarolar tomonidan onlayn kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda AOKAda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bosh boshqarma boshlig‘i Umidulla Ibragimov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha,2022 yil oxiriga qadar 3 ta yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ular:
- sun'iy intellektdan foydalanilgan holda me'yordan ortiq ortilgan yuk vagonlar aniqlash axborot tizimini barcha stansiyalarga joriy qilish;
- “Avianavigatsiya” tizimining analogida (“Railway Navigation”) yo‘lovchi poyezdlar harakatlanishi fuqarolar tomonidan onlayn kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimini yaratish;
- elektron chiptalar sotish axborot tizimining shahar atrofi poyezdlariga onlayn chipta sotish modulini yaratish.
Bundan tashqari, 2022 yil may oyiga qadar temir yo‘l poyezdlari lokomotivlari harakatini nazorat qilish va mashinistni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish uchun sun'iy intellekt tizimini tajriba rejimida joriy etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mavjud elektron chiptalarini sotish avtomatlashtirilgan tizimini yanada takomillashtirish, optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihalarini davom ettirish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026