Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda davlat raqamini olib tashlab qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan Malibu haydovchisiga chora ko‘rildi
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqamini olib tashlangan Malibu mashinasi Samarqand shahri ko‘chalarida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangani tasvirlangan video tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rilgan.
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyati IIB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan qoidabuzar haydovchi topilgan va shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Qoidalarni qo‘pol tarzda buzib harakatlangan haydovchiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125- hamda 128⁵-moddasi tartibida ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Mavzuga oid
22:36 / 02.04.2026
Mashina sizniki, rulda boshqa odam: jarima balli haqiqiy huquqbuzarga yozilishi uchun nima qilish kerak?
15:34 / 21.03.2026
Yo‘l qoidabuzarliklarini qayd etish tartibi o‘zgaradi
16:05 / 27.02.2026
Asadbek Jumayev 10 sutkaga qamaldi
16:28 / 20.11.2023