Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda maktab oldida qoidalarni buzgan holda guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilarga chora ko‘rildi
Urgut tumanida «Jiguli» mashinalari bilan maktab oldida qoidalarni buzib, guruh bo‘lib harakatlangan haydovchilarga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh haydovchilarning «Jiguli» mashinalari bilan maktab oldida guruh bo‘lib harakatlangani va xavfli xatti-harakatlar qilgani tasvirlangan video tarqalgan. Qoidabuzarlar ayrim mashinalarning davlat nomerini yechib olib, shuningdek bolalarning hayotini xavf ostiga qo‘yib harakatlangan. Viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan videodagi holat bo‘yicha surishtiruv olib borilgan.
Surishtiruvlarda, mazkur hodisa sentyabr oyida Urgut tumanidagi Chorchinor va So‘fiyon mahallalarida, shuningdek 144-maktab oldida sodir etilgani ma'lum bo‘lgan va va qoidabuzar haydovchilar topilib ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Qayd etilishicha, mashinalar vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Qoidabuzar haydovchilar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan va ularning har biriga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026