Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda blogerlar va ijtimoiy tarmoq yulduzlari ustidan nazorat kuchaytirildi
Barcha aktyorlar, blogerlar, xonandalar va boshqa taniqli shaxslar “axloqiy tamoyillar”ga rioya qilishlari lozim, aks holda ularning ommaviy faoliyati taqiqlanadi.
Foto: AP
Xitoyda blogerlar, mashhur shaxslar va ularning fan-klublari internetga joylashtiradigan ma'lumotlar ustidan nazorat kuchaytirildi. Bu haqda Xitoy kibermakon boshqarmasi ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu choralar ijobiy va sog‘lom internet-muhit yaratishga qaratilgan bo‘lib, yulduzlar haqidagi g‘iybatlar va ularga nisbatan e'tibor Xitoy jamiyatining an'anaviy qadriyatlariga putur yetkazadi.
Boshqarma xodimlari tarmoqdagi mashhur insonlarning shaxsiy sahifalaridan tashqari, ular haqida ma'lumot bergan saytlarni ham kuzatib boradi.
Bundan tashqari, boshqarma boyligini ko‘z-ko‘z qiladigan va buyumlar sotib olishga undaydigan mashhur shaxslarning “qora ro‘yxati”ni ham tuzishni rejalashtirgan.
Barcha aktyorlar, blogerlar, xonandalar va boshqa taniqli shaxslar “axloqiy tamoyillar”ga rioya qilishlari lozim, aks holda ularning ommaviy faoliyati taqiqlanadi.
Xabar qilinishicha, 23 noyabr kuni “g‘ayriaxloqiy harakati” uchun jonli efir olib borish taqiqlangan 88 kishidan iborat ro‘yxat e'lon qilingan.
Avvalroq Xitoy hukumati tomonidan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning strimlarda chiqishi, yulduzga aylanishi, ularni internet orqali daromad olishga undash taqiqlangandi.
Mavzuga oid
15:28 / 02.03.2026
Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
20:01 / 01.03.2026
Axloqqa zid va noqonuniy. Rossiya, Shimoliy Koreya va Xitoy Xominaiyning o‘ldirilishini qoraladi
22:07 / 26.02.2026
Xitoyda aholining semizligi tufayli «shakar solig‘i»ni joriy etish taklif qilindi
15:24 / 26.02.2026