Afrika va Hongkongda yangi ştamm, JSST şoşilinç yiğiliş çaqirdi
|20:55 / 26.11.202129 0908 min
JARda koronavirusning yanada yuqumli yangi mutatsiyasi aniqlandi. Ayrim mutaxassislar vaksinalar unga qarşi samarali bölmasligidan xavotirda. Covid-19’ning yangi tölqini markazida qolgan Yevropa qayta emlaş va bolalar buster vaksinalari dasturini ötkazmoqda. Bularning bari iş navbatdagi lokdaunga qarab ketayotganini anglatadi.
Joel Saget / AFP / Scanpix / LETAJoel Saget / AFP / Scanpix / LETA
Dunyoda koronavirusni yuqtirib oliş holatlari asta-sekin ösib bormoqda. Jon Hopkins universiteti ma'lumotlariga köra, sönggi 28 kunda qariyb 14 million kişi Covid-19’ni yuqtirib oldi, 201 ming kişi vafot etdi. Haftadan haftaga kasallanganlar soni ortib boryapti, biroq ölim holatlarining haftalik körsatkiçlari oktabr oyi oxiridan beri barqaror – 47-50 ming kişi darajasida qolmoqda.
Bugungi kunda Ğarbiy Yevropa kasallik tölqinining navbatdagi markaziga aylangan. U yerda har ikki kunda qariyb million kişi kasallanmoqda. 25 noyabr kuni Yevropa böylab ölim körsatkiçi, Frans press agentligi hisob-kitoblariga köra, bir yarim milliondan oşib ketdi.
Rojdestvo bayramlari arafasida hukumatlar navbatdagi keskinlikning oldini oliş uçun çoralar körmoqda.
JARda koronavirusning yangi varianti
JARda koronavirusning B.1.1.529 nomli yangi mutatsiyasi aniqlandi.
«Bu variant avvalgilariga qaraganda yuqumliroq. Ehtimol, vaksinalarga kamroq ta'sirçan», dedi BBC’ga bergan intervyusida janubiy afrikalik epidemiolog, professor Salim Karim.
Mavzuga oid
GETTY IMAGES
26 noyabr kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti mutaxassislari vaziyatni baholaş uçun JARda uşbu mamlakat amaldorlari bilan uçraşadi. Yangi variant grek alfaviti harfi böyiça nomlanişi («Delta» variantiga öxşab) va «Nyu» nomini olişi mumkin.
25 noyabr kuni Buyuk Britaniya hukumati mutatsiya bilan boğliq xavotirlar tufayli Afrikaning bir neça mamlakati (JAR, Namibiya, Zimbabve, Botsvana, Lesoto va Esvatini)dan kelganlar uçun majburiy karantin joriy etdi. Uşbu mamlakatlardan Buyuk Britaniyaga parvozlar vaqtinçalik taqiqlangan.
Bu ştamm ilk bor Pretoriyadagi bir neça talabada aniqlandi.
Janubiy Afrika Epidemiologik reaksiya markazi rahbari Tulio de Oliveyra FT naşriga yangi kasallaniş holatlarining 90 foizi Gauteng provinsiyasiga töğri kelişini aytgan, bu JARning aholisi eng köp yaşovçi Yoxannesburg şahrini ham öz içiga oladigan hududdir.
«Javob topilişi kerak bölgan asosiy savol - u vaksinaga qay darajada ta'sirçanligidir», degan u.
JAR rasmiylari ma'lumotiga köra, mamlakatda yangi variant bilan kasallanganlar soni 77 nafarni taşkil etmoqda. Şuningdek Botsvanada tört, Hongkongda bir kişida şu variant aniqlangan.
Buyuk Britaniya soğliqni saqlaş vaziri Sajid Javid olimlar yangi variant borasida juda xavotirlanayotgani, çunki unda «Delta» variantiga qaraganda ikki marta köproq mutatsiyalar bölişi mumkinligini ma'lum qildi. «U ança yuqumli bölişi, bizda hozirda mavjud vaksinalar samarasi esa kamroq bölişi mumkinligini anglatadi», dedi u.
Olimlardan biri BBC muxbiriga yangi ştamm avvalgi barça variantlarga qaraganda köproq xavotir uyğotayotgani, çunki u Xitoyning Uhan şahrida paydo bölgan variantdan keskin farq qilişini aytdi. Koronavirusning avvalgi variantlari ham juda xavotirli deb ta'riflangan, biroq qayğuli prognozlar hali amalga oşmadi. Umuman olganda, JARda yangi ştamm juda tez tarqalayotgani belgilari bor.
Hozirgi vaqtda mutatsiyaning haqiqiy xavfini aniqlaş imkonsiz.
Karimning sözlariga köra, yangi ştamm katta ehtimol bilan koronavirus yuqtirib olgan, immun tizimi işdan çiqqan odam organizmida paydo bölgan. Talabalarning PZR testlari «Alfa» varianti iziga öxşaş ğalati anomaliyani körsatdi. Bir neça kun avval ularning tahlillari universitetga yuborildi, 25 noyabr kuni esa tadqiqot natijalari paydo böldi.
Ekspertning aytişiça, mutatsiya virusga ijobiy elektr zaryadi beradi, natijada virus normal manfiy zaryadlangan inson hujayrasiga osonroq yopişiş imkoniga ega böladi.
Mutaxassisning tuşuntirişiça, mutatsiya avvalgi bir neça variantga xos jihatlarni özida birlaştirgan. Uning sözlariga köra, yangi variant vaksinalarga çidamli bölişi mumkin. Biroq sayyora aholisining deyarli yarmi emlangani uçun u baribir katta xavf tuğdirmaydi.
Busterlar va bolalar uçun vaksinalar
Fransiyada koronavirusning tasdiqlangan holatlari örtaça har 11 kunda ikki marta ortmoqda. Soğliqni saqlaş vaziri Olive Veran mutaxassislardan 5 yoşdan 11 yoşgaça bölgan bolalarni emlaş imkoniyatlarini örganişni söraşini ma'lum qildi.
REUTERS
Bir vaqtning özida mamlakat rasmiylari qöşimça ukol yoki busterlar dasturini işga tuşirmoqda. Uşbu dam oliş kunlari 18 yoşdan katta bölgan barça fuqarolar emlanişi mumkin böladi. Hozirda Fransiyada buster dozani 65 yoşdan katta, şuningdek, Covid-19 keçişini oğirlaştirişi mumkin bölgan kasalliklarga ega odamlar olişi mumkin. Buster dozani hozirdagi kabi har yarim yilda emas, har beş oyda oliş mumkin böladi.
«Taqdirimiz avvalgidek öz qölimizda», dedi Veran matbuot anjumanida fuqarolarni ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilişga çaqirib.
Fransiyadagi vaziyat hali ham oğir emas: rasmiy ma'lumotlarga köra, jonlantiriş bölimlarida 1600 kişi bor. The Local jurnali hisob-kitoblariga köra, ular şifoxonalardagi örinlarning qariyb 30 foizini egallagan.
GETTY IMAGES
Buster kampaniyasi uçun ham vaksina yetarli. Hozir Fransiya rasmiylarida 25 mln dozaga yaqin vaksina bor. Mutaxassislar kasallikni yuqtiriş holatlarining ösişini qulay ob-havo bilan boğlamoqda. U fransuzlarga vaqtini katta davralarda ötkaziş imkonini beradi. Bundan taşqari, bu qöşni Buyuk Britaniya va Belgiyada kasallaniş holatlarining ösişi, şuningdek, «vaksina kuçi yöqolişi» bilan ham boğliq.
Vaksina öz samaradorligini birinçi emlanişdan taxminan yarim yil ötib asta-sekin yöqotişi ana şunday ataladi. Ana şu yöqoliş örnini qoplaş uçun ham buster doza tavsiya etilmoqda.
25 noyabr kuni Yevropa komissiyasi blok mamlakatlari örtasidagi parvozlar uçun zarur bölgan haqiqiy «Covid pasport»ni saqlab qoliş uçun buster dozalarni majburiy talab qilişni tavsiya etdi. Regulyatorlar har yarim yilda buster vaksina olişni majburiy etib belgilaşni taklif qilmoqda.
Şuningdek, payşanba kuni Yevropaning dori vositalari agentligi beş yoşdan boşlab bolalar uçun emlanişni ma'qulladi.
Germaniya: dahşatli antirekord
MORSA IMAGES
Robert Kox instituti hisob-kitoblariga köra, Germaniya 25 noyabrda pandemiya boşidan beri ilk marta 100 ming ölim holati çegarasini bosib ötdi. Kunlik kasallaniş holatlari ham yuqori - 75 961 yangi holat va bu rekord daraja. 24 noyabr kuni hukumati sönggi yiğilişni ötkazgan kansler Angela Merkel öz vorisiga çaqiriq bilan çiqqandi.
Merkel bölajak kansler Olaf Şolsni pandemiyaga qarşi kuraşni zaiflaştirmaslikka çaqirdi. Avvalroq Şols hukumatini Germaniyada virusga qarşi bir qator çeklovlarni uzaytirişni rad etgani uçun tanqid qilişgandi. «Vaziyat juda oğir, biz ösişni kuzatyapmiz. Bugun kasallanganlar – 10-14 kundan keyin reanimatsiyaga tuşib qoladiganlar... Har bir kun muhim», dedi Merkel.
Mamlakat soğliqni saqlaş tizimi sönggi oylarda qöşni davlatlardagi kasalxonalarga yordam sörab murojaat qilişga majbur bölmoqda.
Ötgan haftada nemis rasmiylari fuqarolardan ommaviy transportdan foydalanganda yoki işga borganda antitana mavjudligi yoki vaksina olinganligiga isbot körsatişni talab qila boşladi.
Ayrim tumanlarda Rojdestvo yarmarkalari bekor qilindi, vaksina olmaganlar esa bar va sport zallariga kiritilmayapti.
Ekspertlar Germaniyada kasallanişning ösişi sababini vaksina olganlar nisbatan kamligi (aholining 69 foizi) bilan boğliq deb hisoblaşyapti. Busterlarni tarqatiş kampaniyasi esa logistik uzilişlar tufayli tanqidga uçramoqda.