76 qavatli mazkur osmonöpar binogaça Afrikadagi eng baland inşoot maqomi 400 metrli Iconic Tower’ga tegişli edi. Tower F’ning asosiy qismi 333 metr balandlikka ega bölsa, şpili bilan umumiy balandligi 421 metrga yetadi.
Imorat Abidjandagi mavjud A–E ma’muriy majmuasiga qöşimça sifatida qurilmoqda. Loyiha davlat idoralarini bir joyga jamlaş va binolar ijarasi xarajatlarini kamaytiriş maqsadida işlab çiqilgan.
Bino loyihasi maşhur arxitektor Pierre Fakhoury tomonidan tayyorlangan. U osmonöpar binoga an’anaviy Afrika niqobini eslatuvçi şakl bergan.
Bino tepasida “fonar” deb ataluvçi oynavand kuzatuv maydonçasi joylaşadi. U asosiy tomdan taxminan 30 metr yuqorida böladi va şahar hamda Ebriye lagunasi manzarasini tomoşa qiliş imkonini beradi. Maydonça barça uçun oçiq böladi va unga maxsus panoramali lift orqali çiqiladi.
Tower F qurilişi muhandislar uçun katta sinov bölgan. Bino noturğun grunt ustida qurilmoqda va uning umumiy oğirligi 170 ming tonnaga yetadi. Şu sababli muhandislar yer ostiga uzunligi 60–70 metr bölgan 70 ta pölat tayanç örnatgan.
Inşootning içki maydoni qariyb 140 ming kvadrat metrni taşkil etadi. Unda davlat idoralari, konferensiya zallari, restoranlar, auditoriyalar va yerosti avtoturargohlari joylaşadi. Bino içida 21 ta yölovçi lifti va ikki yuk lifti işlaydi.
Fasad ikki qavatli texnologiya asosida qurilgani sababli Tower F EDGE ekologik sertifikatini olgan. Taşqi qism 16 mingta şişa paneldan iborat bölib, quyoş nurlarini qaytariş va binoda issiqlikni kamaytirişga xizmat qiladi.
Qiziği şundaki, Tower F qurilişi haqidagi dastlabki ğoyalar hali 1970-yillarda paydo bölgan. Oradan önlab yillar ötib, loyiha endi amalga oşiş arafasiga keldi.
Mutaxassislar fikriça, Tower F nafaqat ma’muriy markaz, balki Afrikaning yangi arxitektura ramziga aylanişi mumkin.
Afrikadagi eng baland osmonöpar bino qurilişi yakunlanmoqda
13:17 / 25.05.20269 3663 min
Kot-d’Ivuarning Abidjan şahrida qurilayotgan Tower F imorati Afrikadagi eng baland bino böliş arafasida turibdi. Yil oxiriga qadar quriliş işlari tugallanişi kutilmoqda.

















