Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Smartavia Sankt-Peterburgdan Buxoro va Namanganga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
Smartavia aviakompaniyasi (2019 yilgacha – Nordavia) Peterburgdan Buxoro va Namanganga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda, deb xabar berdi «Shimoliy poytaxt havo darvozalari» Pulkovo aeroporti boshqaruv kompaniyasi matbuot xizmati.
«23 noyabr kuni Pulkovo xalqaro aeroportida Smatavia aviakompaniyasining Buxoroga birinchi muntazam qatnovi amalga oshirildi. Avvalroq aviatashuvchi O‘zbekistonga parvozlarni faqat charter dasturi doirasida amalga oshirgan. 1 dekabrdan Smartavia Sankt-Peterburgdan Namanganga yangi muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi», deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Pulkovodan Buxoroga aviakompaniya har hafta seshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi. Namanganga laynerlar har chorshanba kuni soat 22:10 da uchadi.
1 apreldan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklandi. Uzbekistan Airways milliy aviatashuvchisi va «Aeroflot»ning haftada to‘rt martalik muntazam reyslari bilan bir qatorda, ikki davlat o‘rtasida charter reyslari ham amalga oshirila boshlandi.
Avvalroq, O‘zbekistonda yangi aviakompaniya tashkil etilayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:05 / 07.06.2026
Ukraina yana Peterburgga hujum qildi
08:52 / 02.04.2026
O‘zbekistonlik ayol va uning uch farzandi Rossiyadan olib kelindi
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026