Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina NATOning kollektiv mudofaasiga kirmasligi ma'lum qilindi
Alyans bosh kotibi Yyens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, “NATO va unga a'zo mamlakatlar Ukrainaga sezilarli siyosiy va harbiy ko‘mak bermoqda”.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg alyansning kollektiv mudofaa tamoyillari Ukrainaga tatbiq etilmasligini, ammo NATO mamlakatni turli yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi.
“Ukraina – NATOning hamkori, alyans a'zosi emas. Kollektiv mudofaa to‘g‘risidagi 5-modda Ukrainaga nisbatan tatbiq etilmaydi”, - dedi Stoltenberg.
U NATO va unga a'zo mamlakatlar Ukrainaga sezilarli siyosiy va harbiy ko‘mak berishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
“Biz turli harbiy va mudofaa imkoniyatlari, qurol-yarog‘ taqdim etyapmiz, harbiylarni tayyorlashda yordam ko‘rsatyapmiz”, - dedi NATO bosh kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 30 noyabr - 1 dekabr kunlari NATO davlatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda NATOning Rossiyani tiyib turish bo‘yicha rejalari, Ukraina va Qora dengiz mintaqasidagi vaziyat, Belarusdagi migrantlar bilan bog‘liq holat hamda Afg‘onistondagi vaziyat muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026
Solovyov dronlar hujumini tasvirga olganlarni qamashni talab qildi
08:58 / 19.06.2026