Baliqchilikdan xonadonda qancha daromad qilish mumkin? - tadbirkor o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi
Sirdaryo viloyatining Guliston tumani Soyibobod QFYda yashovchi Dilshod Numanov 2015 yildan buyon o‘z xonadonida Afrika laqqa balig‘i boqishni yo‘lga qo‘ygan. Dastlab 200ta baliq bilan faoliyat boshlagan bo‘lsa, hozirda ularni ko‘paytirib, O‘zbekistonning turli viloyatlari va xorijga eksport qilib keladi. Shu orqali daromad qilib ro‘zg‘or tebratadi.
«Baliqlarni ko‘paytirish uchun dastlab ona baliqdan maxsus ukol orqali ikrasi olinadi. Undan so‘ng maxsus inkubator apparatiga solinadi va 24 soatda baliqqa aylanadi. Bu baliqlar 20 kunda 2 sm ko‘rinishga keladi va bunday baliqlarning har bir donasi 200 so‘mdan sotiladi. Bir sotixli joydan 30 tonnagacha baliq olsa bo‘ladi. Baliqlar bir kunda ikki mahal ovqatlantiriladi va boqilgan baliqlar yarim yilda 6 kilogrammgacha semiradi.
Baliq boqishni istagan odam 3 mingta bilan ham boshlashi mumkin. O‘rtacha 2 kilogrammli baliqni 10 ming so‘mdan sotganda ham 60 mln so‘m bo‘ladi. Bundan 20 mln so‘m xarajat bo‘lsa, 40 mln so‘m daromad hisoblanadi», deydi Dilshod Numanov.

Dilshod Numanov ushbu faoliyati ortidan topgan daromadidan Xitoydan un tegirmoni olib kelib, o‘zi istiqomat qilayotgan mahalla va qo‘shni mahallalar aholisi uchun bug‘doy uni chiqarib kelmoqda. Kelgusida o‘z faoliyatini kengaytirib, ishsiz yoshlarni ish bilan ta'minlashni maqsad qilgan.
«Joriy yilda Xitoydan 150 mln so‘mga un tegirmoni olib keldik. Tegirmonimiz o‘zi bug‘doyni yuvib-quritadi va soatiga 500 kilogramm un qilib chiqaradi. Kelgusida ishsiz va kam ta'minlangan yoshlardan 5 nafarini ish bilan ta'minlashni rejalashtirganman», deydi Dilshod Numanov.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoda besh yillik sulh va garovga olinganlarni birato‘la ozod qilishga tayyor
Jahon | 20:03
-
Tramp Putinni to‘xtatolmadi, Osiyoda yangi urush xavotiri – hafta dayjesti
Jahon | 19:58
-
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42
-
Rossiyada ota-onasi YTHda vafot etgan 11 yoshli bola O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 18:57
Mavzuga oid

21:27 / 17.05.2024
O‘zbekistonda krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasi tasdiqlandi

08:46 / 04.05.2024
Vengriya O‘zbekistonda baliqchilikni rivojlantirish uchun grant ajratishi mumkin

11:58 / 11.04.2024
Vengriya O‘zbekistonga baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohalariga sarmoya kiritadi

15:04 / 05.12.2023