Rossiyaning Actraxan oblastida ota-onasidan ayrilgan voyaga yetmagan bolaning Özbekistonga qaytarilişi ta’minlandi, deb xabar beradi bolalar ombudsmani.
Qayd etilişiça, 14 aprel kuni Astraxan oblastida ikki yengil avtomobil töqnaşuvi oqibatida Özbekiston fuqarosi bölgan (2013 yilda tuğilgan öğil bola) B.R. şifoxonaga yotqizilgan. YTHda bolaning avtomaşinada bölgan ota-onasi vafot etgan.
Bola yengil jarohat olgan bölib, körsatilgan tibbiy yordam tufayli soğliği tiklangan. Şundan söng uni Özbekistonga qaytariş va yaqin qarindoşlari qaramoğiga topşiriş masalasi örganilgan.
Xususan, fojiadan xabar topgan bolaning yaqin qarindoşlari yetib kelib, vaqtinça vasiylikni rasmiylaştiriş jarayonini boşlagan, ammo B.R.ni Rossiyadan olib çiqiş uçun hujjatlar yetarli bölmagan.
Mazkur masala yuzasidan Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova özbekistonlik hamkasbiga murojaat qilgan.
Bolalar ombudsmani va Içki işlar vazirligining tezkor hamkorlik çoralari natijasida Özbekistonning Rostov-Don şahridagi Boş konsulxonasi hamda Astraxan oblasti Ijtimoiy rivojlaniş va mehnat vazirligi tomonidan zaruriy amaliy yordam körsatilib, bola hamda uning qarindoşiga qisqa fursatda tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan.
Hozirda bola Özbekistonga olib kelinib, qarindoşlari (onasining singlisi) qaramoğiga topşirilgan.
Avvalroq Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola Özbekistonga qaytarilgani töğrisida xabar berilgandi. Undan oldin esa Qozoğistondan ota-ona qaramoğisiz qolgan 10 nafar bola Toşkentga olib kelingan edi.












