O‘zbekiston | 08:23 / 27.11.2021
3507
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston 611 mln dollarlik 54ta investitsiya shartnomasini imzoladi 

Joriy yilning 26 noyabr kuni Turkistonda O‘zbekiston hukumat rahbari Abdulla Aripov va Qozog‘iston bosh vaziri Asqar Mamin ikki davlat o‘rtasidagi III mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etdi. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: primeminister.kz

Ikki yuzga yaqin kishi – davlat organlari, hududlar rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan forumning mavzusi «Transchegaraviy hamkorlik – rivojlanishning yangi nuqtalari» deb nomlandi.

Qayd etilishicha, forum doirasida mashinasozlik, agrosanoat kompleksi, qurilish materiallari, elektrotexnika mahsulotlari, tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa sohalarda 611,3 mln dollarlik jami 54 ta investitsiya va tijorat shartnomalari imzolangan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid