Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dohada Yevropa Ittifoqi va “Tolibon” vakillari muzokaralar o‘tkazdi
Qatar poytaxti Dohada Yevropa Ittifoqi va “Tolibon” harakati vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat qish yaqinlashayotgani sababli yanada yomonlashishi mumkinligidan jiddiy xavotir bildirishgan.
YeI delegatsiyasi Ittifoq insonparvarlik tamoyillariga muvofiq muhtoj afg‘onlarga yordam ko‘rsatishni davom ettirishini aytgan.
O‘z navbatida “Tolibon” vakillari huquq ustuvorligi va adolatli boshqaruvga amal qilishlarini ta'kidlab o‘tishgan. YeI Afg‘onistonning muvaqqat hukumatini afg‘on jamiyatining barcha vakillarini qamrab oluvchi inklyuziv hukumatni shakllantirish bo‘yicha “tezkor va aniq choralar” ko‘rishga chaqirgan.
Toliblar Kobul Afg‘oniston hududi terrorchilik xavfini bildiruvchi shaxslar yoki guruhlarni joylashtirish uchun qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymasligini yana bir bor tasdiqlashgan.
“Ushbu muloqot YeI tomonidan Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tan olinishini anglatmaydi, biroq u YeI va afg‘on xalqi manfaati yo‘lidagi hamkorlikning bir qismi hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tishgan YeI vakillari.
Mavzuga oid
20:40 / 16.07.2026
Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq – Kobul O‘zbekiston haqidagi xabarlarni rad etdi
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026