Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Johnson & Johnson “omikron” shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqishga kirishganini e'lon qildi
Kompaniyaning bildirishicha, JAR va boshqa mamlakatlardagi olimlar bilan hamkorlikda mavjud vaksinalarning “omikron”ga qarshi ta'sirchanligi o‘rganilmoqda.
Foto: Getty Images
Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqishga kirishganini ma'lum qildi.
“Biz “omikron”ga qarshi yangi vaksinani modellashtirish va ishlab chiqishni boshladik hamda zarur bo‘lsa darhol klinik sinovlar bosqichiga o‘tamiz”, – dedi kompaniyaning ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘limi boshlig‘i Matay Memmen.
Kompaniyaning bildirishicha, parallel ravishda JAR va boshqa mamlakatlardagi olimlar bilan hamkorlikda mavjud vaksinalarning “omikron”ga qarshi ta'sirchanligi o‘rganilmoqda.
Memmenning ta'kidlashicha, koronavirusning yangi varianti paydo bo‘lishi epidemiologik vaziyatni kuzatish, COVID-19ga qarshi emlash va testlar o‘tkazish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Koronavirusning “omikron” deb nomlangan B.1.1.529 shtammi ilk marta 24 noyabr kuni JARda aniqlangan. Mutaxassislarning fikricha, u boshqa shtammlarga nisbatan juda tez tarqaladi va ko‘plab mutatsiyalarga ega.
Mavzuga oid
19:02 / 10.08.2023
JSST koronavirusning yangi «Eris» turi haqida xabar berdi
18:41 / 09.01.2023
Virusologlar yangi turdagi «kraken» koronavirusining xususiyatlarini ma’lum qilishdi
10:25 / 04.12.2022
SSV: O‘zbekistonda omikronning yangi varianti dominant versiyaga aylandi
14:05 / 21.10.2022