Pfizer omikron-shtammga qarshi vaksina ishlab chiqishni boshladi

Foto: Global Look Press
Pfizer farmatsevtika kompaniyasi rahbari Alber Burla koronavirusning yangi omikron shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqish boshlanganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, vaksina 100 kundan kamroq vaqt ichida tayyor bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Pfizer Yevropa Ittifoqi bilan tuzgan shartnomaga ko‘ra omikron shtammining xavfliligi isbotlansa, unda o‘z vaksinasini 100 kun ichida yangi shtammga moslashtirishi kerakligi ma'lum qilingan. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Rigadagi matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
Uning ta'kidlashicha, olimlar 2-3 hafta ichida yangi shtamm haqida zarur ma'lumotlarni yig‘ishlari, Yevropa Ittifoqi davlatlari esa emlash, qayta emlash va sanitar choralarni faollashtirishi kerak.
Koronavirusning “omikron” deb nom olgan yangi B.1.1.529 shtammi dastlab Afrika janubida aniqlandi. U ko‘plab mutatsiyalarga ega bo‘lib, hozirda u bilan kasallanish holatlari Yevropaning bir qator davlatlarida, Hongkong, Isroil va Avstraliyada qayd qilingan.
Mavzuga oid

00:49 / 08.12.2024
Vengriya va Polsha Yevrokomissiya rahbariga qarshi sud jarayonlariga qo‘shildi

13:47 / 28.03.2023
SSV: Mart oyida O‘zbekistonga 5 ta mamlakatdan Pfizer vaksinalari olib kelindi

11:34 / 06.12.2022
Pfizer va BioNTech kompaniyalari Moderna'ga qarshi patent da’vosi bilan sudga murojaat qildi

10:23 / 27.08.2022