Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti parlament saylovlarida hibsda saqlanayotgan nomzod uchun ovoz berdi
Ravshan Jeenbekov o‘tgan yil kuzida ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga aloqadorlikda gumonlanib davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatorida saqlanmoqda.
Foto: Akipress
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov parlament saylovlarida hibsda saqlanayotgan Ravshan Jeenbekov nomzodiga ovoz berganini aytdi.
“Ha, men qo‘lga olingan nomzod Ravshan Jeenbekovga ovoz berdim. U hozirda hibsda. Uning aybdorligi yoki aybdormasligini sud hal qiladi”, – deb yozdi u Facebook sahifasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sudlarning ishiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q.
“Ravshan Jeenbekov men 2017 yilda qamoqda o‘tirganim singari hibsda. Men ham 2017 yildagi prezident saylovida qatnashish uchun ariza bergandim. Ammo Atamboyev o‘sha saylovda qatnashishimga yo‘l qo‘ymagan. Ravshan ham saylovda qatnashmoqda. Menda agar u saylovda g‘olib chiqsa, ozodlikka chiqariladi degan fikr paydo bo‘ldi. Boshqa sir yo‘q. Xudo hammasini ko‘rib turibdi”, – deya izoh berdi Japarov.
Jeenbekov o‘tgan yil kuzida ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga aloqadorlikda gumonlanib davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi tergov izolyatorida saqlanmoqda.
Qirg‘izistonda parlament saylovlari 28 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, olti partiya: “Ata-Jurt Kirgizstan”, “Ishenim” “Intimak”, “Iyman Nuru”, “Alyans” va “Butun Kirgizstan” partiyalari parlamentdan o‘rin olgan.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
20:09 / 21.05.2026
BMT Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston tayyorlagan rezolyutsiyani qabul qildi
18:27 / 19.05.2026
Rossiya tarixchilari Qirg‘izistondagi darsliklardan “Rossiya mustamlakasi” iborasini olib tashlashni so‘radi
18:03 / 19.05.2026