Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning bir nechta viloyatiga kuchli bo‘ron yopirildi
Turkiyaning Marmar dengizi bo‘yi hududlariga kuchli bo‘ron yopirildi. Daily Sabah nashrining yozishicha, tabiiy ofat oqibatida bir ayol va bola halok bo‘lgan.
Shuningdek, 10ga yaqin odam jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Istanbulning Chatalja tumanidagi soatli minora qulashi, turli hududlarda uylar tomlari shamol bilan qo‘porib yuborilishi videosi tarqaldi.
Turkiya meteorologik xizmati Marmar dengizi bo‘yidagi bir nechta viloyat uchun bo‘ron ogohlantirishini bergan. Ta'kidlanishicha, shamol kuchi 80 km/soatgacha yetgan.
Ko‘plab viloyatlarda shamol uylar tomlarini va turli konstruksiyalarni uchirib yuborgan.
Bundan tashqari, Bosfor ko‘rfazi orqali kemalar qatnovi to‘xtatilgan. Shuningdek, Turkish Airlines aviakompaniyasining bir nechta samolyoti shamol tufayli Istanbul aeroportiga qo‘na olmagan, ular Anqara va Izmirga yo‘llangan.
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026
Erdo‘g‘an NATO yetakchilariga shaxsiy to‘pponcha sovg‘a qildi
20:08 / 07.07.2026