Yangi shtamm uchun protokol ishlab chiqish masalasini vaqt ko‘rsatadi – Nurmat Otabekov
Nurmat Otabekov emlanish koronavirusning yangi shtammiga qarshi kurashishda ham katta samara berishi haqida aytib o‘tdi.

Foto: Kun.uz
Ko‘pchilik koronavirusning yangi shtammi tarqalayotgan bir paytda O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatga qanday ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi, bunga qarshi ko‘riladigan choralar bilan qiziqmoqda. SSV Matbuot xizmati ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekovning fikr va xulosalarini yozib oldi.
— Viruslar — oddiy, hujayrasiz organizmlar. Ularda o‘zgaruvchanlik yuzaga kelishi tabiiy hol. Masalan, hozirgacha koronavirusning qo‘zg‘atuvchisi, ya'ni SARS-CoV-2ning 7 mingdan ziyod mutatsiyaga uchragan shtammlari aniqlagan. Omicron ham shulardan biri.
Biz yangi shtammning tarqalish o‘chog‘i bo‘lgan Janubiy Afrika davlatlari bilan bevosita aviatsiya aloqalari o‘rnatmagan bo‘lsak-da, ushbu kasallik ikkinchi va uchinchi mamlakatlar orqali O‘zbekiston hududiga kirib kelishi ehtimoli yo‘q emas.
SARS-CoV-2ning ushbu yangi shtammi uchun alohida protokol ishlab chiqish masalasini, albatta, vaqt ko‘rsatadi. Shunga qaramay, mavjud diagnostika, davolash va profilaktika imkoniyatlaridan samarali foydalanish bu virus turiga qarshi ham natija beradi, deb hisoblayman.
O‘tgan davrda bizda COVID-19ni davolash bo‘yicha katta tajriba to‘plandi. Bu haqli ravishda xalqaro miqyosda ham e'tirof etilyapti. Shu ma'noda, muolaja jarayonlarini belgilangan davolash standartlari asosida olib borsak, kasallik qanday intensivlikda tarqalmasin, asoratlarsiz tuzalib ketishiga zamin yaratish mumkin.
Karantin bilan bog‘liq profilaktik choralar bekor bo‘lgani yo‘q. Ammo odamlarimiz tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi oddiy qoidalarga ham yetarlicha amal qilmay qo‘ygani achinarli holat. Yangi shtammning yurtimizga kirib kelishi va aholi o‘rtasida tarqalishining oldini olishda shunday profilaktik chora-tadbirlar juda muhim hisoblanadi.
Eng asosiysi, jamoaviy immunitetni shakllantirish, ya'ni ommaviy emlanish ko‘rsatkichlarini oshirish orqali ham epidemiologik vaziyatni barqaror saqlab turish mumkin. Chunki vaksinalar SARS-CoV-2ning har qanday mutatsiyaga uchragan shtammida samara beradi. Hatto yangi shtammni yuqtirib olgan holatda ham barcha dozada emlanganlarda kasallik yengil va jiddiy asoratlarsiz o‘tadi.
Qolaversa, mamlakatimizda ayni paytda aholiga ixtiyoriy ravishda buster-doza bilan emlanishlari uchun imkoniyatlar yaratib berilgan.
Yurtimizga koronavirusning turli shtammlari har safar xorijdan qaytgan fuqarolarimiz orqali kirib kelganini hisobga olsak, ayni kunlarda kasallik tarqalayotgan mamlakatlarga zarurat bo‘lmasa, vaqtincha bormaslikni tavsiya qilamiz.
Ma'lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda aholini emlashda jami 6 turdagi — AstraZeneca, ZF-UZ-VAC2001, Sputnik V, Moderna, Pfizer/BioNTech hamda Sinovac vaksinalaridan foydalanilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror

17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida

18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV

16:06 / 07.06.2024