08:53 / 30.11.2021
1999

Romitanlik fuqaroning uyidan ko‘p miqdorda giyohvand modda topildi

Foto: IIB axborot xizmati

Buxoro viloyatining Romitan tumanida yashovchi fuqaroning yashash xonadonidan ko‘p miqdordagi giyohvand modda topilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, Qalaychorbog‘ mahallasida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan X.F.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Tadbir davomida fuqaro uyida viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 860 grammga teng bo‘lgan marixuana giyohvand moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.   

Holat yuzasidan X.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Qorako‘l tumanida ko‘p miqdorda giyohvand modda olib ketayotgan shaxs qo‘lga olingandi.

Top