Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efiopiyada armiya ayirmachilardan YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan shaharni qaytarib oldi
Efiopiya qurolli kuchlari tigraylik ayirmachilardan Lalibela shahrini to‘liq qaytara oldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri devonxonasida ma'lum qilindi.
“Lalibela tarixiy shahri ozod qilindi va Tigray ozodlik xalq fronti bosqinidan tozalandi”, deb aytilgan xabarda.
Bundan tashqari, armiya shahar aeroporti ustidan nazorat ham o‘rnatgan.
Lalibela efiopiyalik xristianlarning muhim diniy markazi bo‘lib, u YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan ikkita yirik cherkovlar majmuasi bilan mashhur. Cherkovlardan eng mashhuri Avliyo Georgiy cherkovi XII asr oxiri XIII asr boshida qurilgan.
Efiopiyada 2020 yil noyabrdan beri Tigray ozodlik xalq fronti va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bormoqda. Front hukumatdan Tigray regioni ishlariga aralashmaslikni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
09:03 / 15.04.2026
O‘zbekiston Zomin tog‘larini YuNeSKO ro‘yxatiga kiritish jarayonini boshladi
08:54 / 30.03.2026
Kitob geoparki YuNeSKO ro‘yxatiga kirishi mumkin
21:15 / 11.12.2025