Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar va Eron chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi
Qayd etilishicha, to‘qnashuv “o‘zaro tushunmovchilik” oqibatida kelib chiqqan.
Eron va Afg‘oniston chegarasida eronlik chegarachilar va “Tolibon” jangarilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda Aamaj News agentligi xabar qildi.
Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar Afg‘oniston shimolidagi Nimro‘z viloyatining Kang uyezdida yuz bergan.
Tasnim agentligi to‘qnashuv “o‘zaro tushunmovchilik” oqibatida kelib chiqqanini yozmoqda, deb xabar berdi Sputnik-Afg‘oniston.
Agentlikning yozishicha, chegaradan bir necha yuz metr narida, Eron tomonida kontrabandachilardan himoyalanish uchun devor ko‘tarilgan. Eronlik fermerlar Eron hududida qolgan holda mazkur devordan o‘tishgan. Toliblar chegara buzildi degan fikrda ularga qarata o‘t ochgan va eronliklar bunga javob qaytargan.
Hozirda to‘qnashuv tugagan va tomonlar mazkur masalani muhokama qilmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
22:59 / 30.06.2026