Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya AQShdan mamlakat hududida F-16 samolyotlari parvozini to‘xtatib turishni so‘radi
Seshanba kuni AQSh harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyoti Yaponiya shimolidagi Aomori aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot qo‘nish oldidan yonilg‘i baklarini tashlab yuborgan.
Yaponiya hukumati AQSh harbiy qo‘mondonligini xavfsizlik nuqtai nazaridan mamlakat hududida F-16 qiruvchi samolyotlari parvozini to‘xtatib turishga chaqirdi. Bu haqda Yaponiya mudofaa vaziri Nobuo Kisi ma'lum qildi.
Seshanba kuni AQSh harbiy-havo kuchlari qiruvchi samolyoti Yaponiya shimolidagi Aomori aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot qo‘nish oldidan yonilg‘i baklarini tashlab yuborgan.
Kiodo agentligining xabar berishicha, baklardan biri aholi turar joy binosidan 20-30 metr nariga tushgan. Voqea oqibatida hech kim jarohatlanmagan, ammo yonilg‘i baki yo‘l chetidagi to‘siqqa shikast yetkazgan.
“Qiruvchi samolyot bilan yuz bergan voqea aholida xavotir uyg‘otdi, biz bunga jiddiy yondashdik. Shu sababli Amerika tomonini xavfsizlik choralari ta'minlanguniga qadar F-16 samolyotlari parvozini to‘xtatib turishga chaqirdik”, — dedi Yaponiya mudofaa vaziri.
Yaponiya mudofaa vazirligi AQSh harbiy qo‘mondonligidan xavfsizlik choralariga to‘liq rioya qilish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026