Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh boshqa mamlakatlarga 200 mln doza vaksina yetkazib beradi
Ma'lumot berilishicha, AQSh boshqa mamlakatlarga jami 1,2 mlrd doza vaksina yetkazib berishni va'da qilgan.
AQSh yaqin yuz kun ichida boshqa mamlakatlarga koronavirusga qarshi 200 mln doza vaksina yetkazib berish majburiyatini oladi. Oq uyning bildirishicha, bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden salomatlik milliy institutida amalga oshiradigan chiqishida ma'lum qiladi.
“Biz 110 mamlakatga bergan 275 mln dozaga qo‘shimcha sifatida yaqin 100 kun ichida yana 200 mln doza jo‘natish majburiyatini olib, ehtiyoj sezayotgan mamlakatlarga vaksina yetkazilishini tezlashtiramiz”, — deyiladi Oq uy matbuot xizmati bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, AQSh boshqa mamlakatlarga jami 1,2 mlrd doza vaksina yetkazib berishni va'da qilgan.
“Butun sayyorada pandemiyaga qarshi kurash olib borish uchun boshqalarni ham shunday qilishga chaqiramiz”, — deya ta'kidlangan bayonotda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda 233,5 mln kishi – mamlakat aholisining 70,4 foizi vaksinaning kamida bir dozasi bilan emlangan, to‘liq emlanganlar soni esa 197,4 mln kishini (59,4 foiz) tashkil qiladi.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026