Bugun Samarqand viloyatidagi Urgut tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar nafaqat öz muzofotida yetiştirilayotgan, balki Özbekistonning boşqa hududlarida pişib yetiladigan mevalarni ham olib kelib quritmoqda. Söng ularni qayta işlab xorij davlatlariga eksportga çiqarmoqda.

Ana şunday tadbirkorlardan biri tumanning Jayratepa mahallasida yaşovçi Azamat Qurbonov hisoblanadi. Qahramonimiz yaqinda iş boşlagan yoş tadbirkorlardan. Uni özbekistonliklar uçun hali unça ommalaşmagan mahalliy xurmoni quritiş jarayonida uçratdik.

Tadbirkorning aytişiça, daraxtdan uzilgan xurmo avval yuviladi. Söng pösti yaxşilab arçiladi va bandidan ipga boğlab şamol tegadigan joyga ilib qöyiladi. Hosilni daraxtdan teriş paytida bandi uzilib ketgan mevalar simtör ustiga terib quritiladi. Agar mayin şamol yaxşi esib tursa va yoğingarçilik bölmasa, xurmo mevasi 15 kunda, aks holda uzoği bilan 1 oyda quriydi.

«Mahalliy xurmoning quritilganini ilk marta bundan 15 yil avval Toşkent bozorlaridan birida körgandim. Öşanda sotuvçi u Moskvadan keltirilganini va mahsulot Tojikistonniki ekanini aytgandi. Öşanda quritilgan xurmodan yeb körganimda juda şirin edi. Şundan söng uyga kelib hovlimizdagi xurmo daraxti mevasidan olib, ipga boğlab ilib qöydim. Ança kunlar ötdi, ammo negadir xurmolar qurimadi.

Biroz vaqt ötib qarasam ipda faqat xurmo bandlari qolgan, mevalarning özi esa yerga tökilgan holda yotardi. Öşanda nega bunaqa bölganini tuşunmadim. «Buni quritişning bir siri bor ekan-da», deb öyladim va bu işga ortiq qiziqmadim.

Oradan yillar ötib xurmo qanday quritilişini bilib oldim. Bu meva faqat ustidagi qalin pöstloği arçib olinsagina qurirkan. Aks holda içi yumşoq bölib turaverar, keyinroq esa qöl ham tekkizib bölmaydigan darajaga kelib qolar ekan. Şu tariqa xurmoni quritişni boşladik», deydi Azamat Qurbonov.