Jamiyat | 14:10 / 02.12.2021
10777
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda YPX xodimiga pora sifatida 1000 dollar va 4 dona televizor taklif qilgan haydovchi ushlandi

Namanganda chora ko‘rilmasligi uchun YPX xodimiga pora tariqasida 1000 dollar va 4 dona televizor taklif qilgan qoidabuzar haydovchi ushlandi. Bu haqda viloyat YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ma'lum qilinishicha, 1 dekabr kuni soat 08:00 larda Namangan viloyati, Pop tumani hududida joylashgan «Namangan» muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan maskandan harakatlanib o‘tayotgan Cobalt to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida avtomobilda 16 dona tegishli hujjatlarsiz televizorlar olib ketilayotgani ma'lum bo‘lgan va bayonnoma orqali tuman IIBga olib kelingan.

Haydovchi holat yuzasidan tegishli chora ko‘rilmasligi uchun YPX xodimiga 1000 dollar pul va 4 dona televizor berishni taklif qilgan. YPXO komandiri o‘rinbosari mazkur holat bo‘yicha viloyat IIB boshlig‘iga bildirgi orqali pora taklif qilayotgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Bildirgi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, Pop tumani IIB ma'muriy binosi yonida haydovchi, X.S. (1992 yilda tug‘ilgan) YPX xodimiga 900 dollarni pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid