Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tibbiyot akademiyasi va JAMK amaliy fanlar universiteti orasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2021 yil 2 dekabr kuni, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori prof. A.K.Shadmanov hamda Finlandiyaning JAMK amaliy fanlar universiteti Global xizmatlar direktori, janob Xeikki Pusa bilan birgalikda ikkala oliy ta'lim muassasalari (OTM) o‘rtasidagi Hamkorlik Bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur marosim doirasida ikki OTM orasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, hamkorlikda qo‘shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy izlanishlar olib borish hamda diplomdan keyingi ta'limni rivojlantirish masalalari kelishib olindi. Xususan, sog‘liqni saqlashda menejment mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistrlik dasturlarini ochish, Akademiyaning ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish, hamkorlikda mahalliy hamda xorijiy jurnallarda, jumladan, Scopus, Web of Science bazasiga kiritilgan yuqori indeksatsiyaga ega bo‘lgan jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, ikkala OTMning professor-o‘qituvchilarining o‘zaro seminar va ma'ruzalarni tashkil etish, tibbiy sug‘urta tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, imzolangan Hamkorlik Bitimi doirasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini 2022-2024 yillarda rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
20:00 / 12.04.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Konstitutsiya o‘zimizniki, Konstitutsiya barchamizniki!” tadbiri o‘tkazildi
16:18 / 05.10.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasiga Germaniyaning tibbiyot sohasida yetakchi mutaxassislaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi
14:59 / 27.09.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalikka bag‘ishlov - 2022” tadbiri o‘tkazildi
13:40 / 27.09.2022