Toshkent tibbiyot akademiyasiga Germaniyaning tibbiyot sohasida yetakchi mutaxassislaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi

Foto: Toshkent tibbiyot akademiyasi
4 oktabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasiga Germaniyaning yetakchi OPASCA kompaniyasi, Mannxaym (UMM) va Frayburg universitet (UKF) klinikasidan delegatsiya vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Akademiya rektori A. Shodmonov xorijlik vakillarni bugungi kunda muassasa ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdilar.
Shuningdek, uchrashuv davomida Akademiya rektori A. Shodmonov, UMM bosh direktori F. Bergmann va OPASCA bosh direktori Dr. Sverdlov tomonidan Akademiya qoshida Germaniya tajribasiga asoslangan onkologiya sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mintaqaviy markaz - Xalqaro oliy onkologiya maktabi (XOOM) tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Xususan, mazkur maktab faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan quyidagi mutaxassisliklar:
- Onkolog;
- Radioterapevt;
- Tibbiy fizik;
- Texnik-radiolog - chiziqli tezlatkich operatori;
- Onkolog-kimyoterapevt;
- Radionuklid diagnostika doktori;
- Bolalar onkogematologi tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, tibbiy axborot tizimlari bo‘yicha mutaxassis, sog‘liqni saqlash menedjyeri kabi ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, XOOM qoshida “Tibbiy fizika” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishini tashkil qilish dastlabki muhim bosqich vazifasini o‘taydi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

20:00 / 12.04.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Konstitutsiya o‘zimizniki, Konstitutsiya barchamizniki!” tadbiri o‘tkazildi

14:59 / 27.09.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalikka bag‘ishlov - 2022” tadbiri o‘tkazildi

13:40 / 27.09.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari qasamyod qabul qilishdi

12:44 / 20.09.2022