Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalikka bag‘ishlov - 2022” tadbiri o‘tkazildi
Toshkent tibbiyot akademiyasida 1 oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Foto: Toshkent tibbiyot akademiyasi
26 sentabr kuni poytaxtdagi Kinochilar saroyida Toshkent tibbiyot akademiyasi 1-kurs talabalarining “Talabalikka bag‘ishlov - 2022” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir 1 oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etildi. Bugungi tadbir oldidan talabalar uchun maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.
Akademiya rektori Alisher Shodmonov tomonidan ochib berilgan bayram tadbirida barcha faxriy professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbirda ko‘p yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelayotgan ustoz-murabbiylar munosib taqdirlanishdi.

“Bizning akademiya nafaqat O‘zbekistonda, balki O‘rta Osiyodagi tibbiyot oliygohlari orasida yetakchi hisoblanadi. Chunki boshqa barcha tibbiyot o‘quv ta’lim muassasalarining ildizi Toshkent tibbiyot akademiyasiga borib taqaladi. Bu ulug‘ dargohda yuzlab ulug‘ ustozlar o‘z bilimlarini talabalarga singdirib, xalqimiz salomatligi yo‘lida xizmat qilishgan. Bugun talabalarga ham shu yo‘lni davom ettirishlarini tilaymiz”,- dedi Toshkent tibbiyot akademiyasi professori Abdug‘affor Gadoyev.

Toshkent tibbiyot akademiyasi 1919 yilda Toshkent tibbiyot instituti sifatida Toshkent shahridagi O‘rta Osiyo universitetining tibbiy fakulteti negizida tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasidagi yetakchi tibbiyot ta’lim muassasasi bo‘lgan Toshkent tibbiyot akademiyasi yurtimizdagi eng yaxshi tibbiyot OTM reytingi bo‘yicha 1-o‘rinni, O‘zbekistonning barcha OTM orasida 6-o‘rinni egallaydi. Bu yil akademiya talabalari safi 2300 nafarga kengaydi.

Ayni paytda akademiyada davolash, tibbiy pedagogika, tibbiy-profilaktika, tibbiy-biologiya, harbiy-tibbiy va oliy hamshiralik ishi bo‘yicha fakultetlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 5000dan ortiq talabalar tahsil olishadi.

Magistrlarga ta’lim berish 49ta, tor doiradagi mutaxassis shifokorlarni tayyorlash esa klinik ordinaturaning 38ta yo‘nalishida amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

20:00 / 12.04.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Konstitutsiya o‘zimizniki, Konstitutsiya barchamizniki!” tadbiri o‘tkazildi

16:18 / 05.10.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasiga Germaniyaning tibbiyot sohasida yetakchi mutaxassislaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi

13:40 / 27.09.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari qasamyod qabul qilishdi

12:44 / 20.09.2022