Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari qasamyod qabul qilishdi
26 sentabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirida 1-kurs talabalari qasamyod qabul qilishdi.

Foto: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Tadbirni TTA rektori A.Shodmonov ochib berib, barcha talabalarga murojaat yo‘lladi hamda 1-kurs talabalarini yangi hayot boshlayotganlari bilan tabrikladi. Shundan keyin barcha talabalar talabalik qasamyodini qabul qilishdi. Tibbiyot sohasida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishni istagan yoshlar uchun bu ilk qadam bo‘ldi.
“Bugun men ham 1-bosqich talabasi sifatida shifokorlik qasamyodini qabul qildim. Qasamyodni qabul qilar ekanman, o‘zgacha faxrlanish tuyg‘usini sezdim. Bu faxr bilan bir qatorda menga yanada katta mas’uliyat yukladi. Albatta, biz ham akademiyamiz tomonidan berilayotgan shart-sharoitlardan to‘g‘ri foydalangan holda ustozlarimizning ortidan izdosh bo‘lib, kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lishga harakat qilamiz”, – deydi 1-kurs talabasi Nasimova Nasiba.

Tibbiyot akademiyasiga grant asosida qabul qilingan Muhammadrizo Rasulov:
“Men Toshkent tibbiyot akademiyasiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildim. Bu oliygoh talabasi bo‘lganimdan juda ham faxrlanaman. Bugun biz talabalik qasamyodini qabul qildik va shunday qutlug‘ kunlarimiz ustoz va murabbiylarimiz bayramiga to‘g‘ri keldi. Rektorimiz Alisher Shodmonov 2000 ga yaqin talaba oldida ustozlarimizning kamtarona mehnatlarini yuqori baholab taqdirladilar. Biz ham ustozlarimizdan o‘rnak olgan holda izlanishda to‘xtamaymiz”, – deydi u.

Shuningdek, qasamyod qabul qilish marosimiga talabalarning ota-onalari ham tashrif buyurishdi.
Tadbir so‘ngida, guruhlar tomonidan quvnoq, yorqin va esda qolarli dastur va Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning chiqishlari namoyish etildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati
Mavzuga oid

20:00 / 12.04.2023
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Konstitutsiya o‘zimizniki, Konstitutsiya barchamizniki!” tadbiri o‘tkazildi

16:18 / 05.10.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasiga Germaniyaning tibbiyot sohasida yetakchi mutaxassislaridan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi

14:59 / 27.09.2022
Toshkent tibbiyot akademiyasida “Talabalikka bag‘ishlov - 2022” tadbiri o‘tkazildi

12:44 / 20.09.2022