16:24 / 03.12.2021
16644

Umumiy ovqatlanish korxonalariga bir qancha soliq imtiyozlari berilmoqda

31 dekabriga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi. Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar ularga barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni foizlarsiz kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

Foto: Kun.uz

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod qilinadi. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z telegram kanalida xabar bermoqda.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021 yil 15 avgust holatida bo‘lgan mavjud qarzdorligini, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni to‘lamasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.

Mazkur mazmundagi qonun loyihasi (Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish) deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi va ikkinchi o‘qishlarda qabul qilingan.

Mavzuga oid
Top