Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Past Darg‘omdagi buyum bozorida fuqaroni urib tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Past Darg‘om tumanida joylashgan buyum bozorida fuqaroni urib tan jarohati yetkazgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 24 noyabr kuni Past Darg‘om tumani Qatorterak mahallasida yashovchi fuqaro A.B. tumandagi buyum bozorida tanishi N.S.ni ko‘rib qolgan. So‘ng, o‘zaro tortishib qolishi natijasida ular o‘rtasida janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida A.B., N.S.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:15 / 09.12.2025
Toshkentda 31 yoshli erkak xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi
14:42 / 06.12.2025
Lev Shlosbergga nisbatan “feyklar” ishi bo‘yicha yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
15:23 / 11.11.2025
Farg‘ona shahar IIB, ijarachi va opa-singil ishi: qamoq muddati uzaytirildi
13:07 / 07.11.2025