Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya. «Roma» «Inter»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, Shomurodov to‘liq o‘ynaydi
Foto: Getty Images
Italiya A Seriyasi 16-turi doirasida «Roma» muxlislari qarshisida «Inter»ga qarshi maydonga tushdi.
Rimda o‘tgan bahsning 15-daqiqasida Chalxano‘g‘lu hisobni ochgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Jyeko va Dumfris birinchi bo‘limning o‘zida hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi – 3:0.
Ikkinchi bo‘limda esa boshqa gol kiritilmadi va Joze Mourino jamoasi ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ham mag‘lub bo‘ldi. Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «Roma» 25 ochko bilan hozircha 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Inter» g‘alaba evaziga ochkolarini 37taga yetkazib, hozircha 2-o‘ringa ko‘tarildi.
A Seriya. 16-tur.
Roma – Inter 0:3
Gollar: 0:1 – 15 Chalxano‘g‘lu, 0:2 – 24 Jyeko, 0:3 – 39 Dumfris.
Roma – Ruy Patrisiu, Rojyer, Smolling, Manchini, Kumbula (Bove, 61), Vinya, Mxitaryan, Veretu, Kristante, Dzanolo, Shomurodov.
Inter – Handanovich, Dumfris, D`Ambrozio, Shkrinyar, Bastoni (Dimarko, 76), Perishich, Brozovich, Chalxano‘g‘lu (Sensi, 83), Barella (Vidal, 59), Korrea (Sanches, 59), Jyeko (Vesino, 76).
Ogohlantirishlar: Rojyer (37), Barella (47), Manchini (63), Dzanolo (75).
Mavzuga oid
11:16 / 25.02.2026
«Budyo-Glimt» ertagi davom etadi. YeChL kashfiyotini yoqtirib qolish uchun 5 sabab
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
14:09 / 09.02.2026
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
11:12 / 11.07.2025