Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Indoneziyadagi vulqon uyg‘ondi. Qurbonlar bor
Indoneziyaning Yava orolidagi Semeru vulqoni joriy yilda ikkinchi marta otila boshladi va undan otilayotgan kul ustuni balandligi 15 kilometrgacha yetgan.
4 dekabrda Indoneziyaning Yava orolida Semeru vulqoni faollashdi. Vulqondan otilgan kul 15 km balandlikkacha ko‘tarilgan. Tabiiy ofat o‘nlab kishilar o‘limiga, qariyb yuz kishining jarohat olishiga olib kelgan.
Qora kul buluti orolni qoplagan. Odamlar sarosimada o‘z uylarini tark etishgan. Shu bilan birga, o‘nlab odamlar qidirilmoqda. Kura Kerobokan qishlog‘ida o‘nlab odamlar vulqondan otilgan lavaning qotishi va kul sababli o‘z uylarida qamalib qolishgan. Qutqaruvchilar ular oldiga yetib borishga harakat qilishmoqda. Ayni vaqtda 10 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.
Tabiiy ofat oqibatlariga qarshi kurashish agentligi rasmiysi ma'lumotiga ko‘ra, falokat hududidan mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingan.
So‘nggi rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa qurbonlari soni 56 nafarni tashkil etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda vulqon kulidan qochib, boshqa joyga ketayotgan kattalar va bolalar aks etgan videolar tarqalgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, vulqon otilishi shunchalik kuchliki, kul ustuni tufayli osmon va quyosh ko‘rinmay qolgan.
Semeru vulqoni uyg‘onishi barobarida shag‘alli yomg‘ir quya boshlagan.
Semeru tog‘idagi vulqon - dunyodagi aholi eng tig‘iz yashovchi orol bo‘lmish Yavada joylashgan. Vulqon uyg‘ongach, atrofda yashovchi aholi orasida vahima boshlangan.
Yava osmonidan reyslarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar vulqon ustuni 15 kilometrgacha balandlikka ko‘tarilgani haqida ogohlantirilgan.
Avstraliyaning Darvin shahridagi vulqon kullari bo‘yicha maslahat markazi xabar qilishicha, kul ustuni vulqondan janubi-sharq tomon yuqorilamoqda. Markaz aviakompaniyalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Vulqon kuli samolyot dvigatellariga o‘rnashib qolsa, uni to‘xtatishi yoki parvoz paytida shikastlantirishi mumkin.
Kul shuningdek uchuvchilar xonasida ko‘rish qobiliyatini cheklaydi va samolyot salonidagi havoni ifloslaydi, natijada yo‘lovchilarga kislorod niqoblari talab etilishi mumkin.
Semeru Yava orolidagi eng baland cho‘qqi hisoblanadi. U dengiz sathidan 3676 metr balandlikda joylashgan va Indoneziya hududidagi 130 ta faol vulqondan biri hisoblanadi. Vulqon avvalgi marta joriy yil boshida otilgan. O‘shanda ushbu hodisa hech qanday talafotlar va yo‘qotishlarga olib kelmagan.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026