Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bezos iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashga 450 million dollarga yaqin mablag‘ ajratadi
Amazon kompaniyasi rahbari va asoschisi Jyeff Bezosning iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish jamg‘armasi Bezos Earth Fund iqlim muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga 443 mln dollar ajratishini e'lon qildi.
Jamg‘armaning bayonotida tegishli mezonlarga javob beruvchi tashkilotlarga 44 ta grant ajratilgani aytilgan. Jamg‘arma, jumladan AQSh prezidenti Jo Baydenning iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish tashabbusi Justice40’ga 140 mln dollar ajratgan. Bundan tashqari, jamg‘arma AQSh va Afrikadagi yerlarni tiklashga 51 mln dollar yo‘naltiradi.
Ta'kidlanishicha, ushbu grantlar milliarderning jamg‘armaga o‘tkazishga va'da qilgan 10 mlrd dollarlik xayriya mablag‘larining bir qismi hisoblanadi.
Qayd qilib o‘tish kerak, hozirda Bezos iqlim bilan bog‘liq tashabbuslarga ajratgan umumiy summa 1 mlrd dollardan oshgan.
Bezosning jamg‘armasi olimlar, faollar, nohukumat tashkilotlarining iqlim va tabiat muammolarini hal qilishga qaratilgan ishlarini moliyalashtiradi.
Mavzuga oid
10:05 / 17.06.2026
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
14:21 / 22.04.2026
Prezident Markaziy Osiyoda iqlim muammolarini hal qilish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi
15:57 / 01.04.2026
Aprelning ilk kunlari issiq va yog‘inlarga boy bo‘ladi
07:39 / 01.04.2026